Oʻzbekistonda 9-iyul, seshanba kuni havo harorati +34…+39°, mamlakat janubida – +42° boʻladi, deb xabar qildi «Oʻzgidromet».
Toshkentda sinoptiklar ob-havo +35…+37° bo‘lishini ta’kidladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
«O‘zgidromet»ning xabar berishicha, respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi, havo harorati +23…+28° isishi kutilmoqda.
Avvalroq Kursiv O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi iqlim o‘zgarishiga moslashayotgani haqida yozgan edi