Yangiliklar

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari iyun oyida $293,7 mlnga kamaydi

2024-yilning iyun oyida 0,3 mlrd. dollarga kamaydi
Foto: NKMK

2024-yil iyun oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $36,6 mlrddan $36,3 mlrdga (-293,7 mln) kamaydi. Bu haqda Markaziy bank statistikasida ma’lum qilindi.

Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlar (erkin konvertatsiya qilinuvchi xorijiy valyutalarda) $9,37 mlrddan $8,47 mlrdga tushgan. Qimmatli qog‘ozlar hajmi $35 mlndan 35,1 mln dollarga ko‘tarilgan. Oltin zaxirasi esa $24,6 mlrddan $27,3 mlrdga balandlagan. Bu o‘sishga O‘zbekiston o‘z zaxiralaridagi oltin miqdorini oshirgani ta’sir ko‘rsatdi. Hajmi 11,4 million troy untsiyadan 11,7 million untsiyagacha oshdi.

Eslatib o‘tamiz, oltin-valyuta zaxiralarini diversifikatsiya qilish maqsadida O‘zbekiston Markaziy banki davlat qimmatli qog‘ozlariga sarmoya kiritishni boshladi. Bu haqda iyun oyida xabar berilgan edi.

Sal avvalroq oltin quymalari narxi haqida xabar bergan edik.