Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reestriga (KTYADR) ko‘ra, TBC Bank Qulay Insurance sug‘urta kompaniyasining yagona ta’sischisi bo‘ldi.
Korxona Davlat xizmatlari markazida 2024-yil 4-iyulda ro‘yxatdan o‘tgan. Sug‘urtalovchining ustav kapitali 22 mlrd so‘mni tashkil qiladi.
Istiqbolli loyihalar milliy agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 1 aprel holatiga sug‘urta kompaniyalari tomonidan O‘zbekiston iqtisodiyotiga 6,1 trln so‘m sarmoya kiritilgan. Sug‘urtalovchilarning jami aktivlari 9,9 trillion so‘mni, sug‘urta to‘lovlarining umumiy hajmi 566,6 milliard so‘mni tashkil etdi.
Yanvar – mart oylarida agentlik ikki sug‘urtalovchining litsenziyasini bekor qilgan, yana ikki kompaniya 224 million so‘m jarima to‘lagan.
Avvalroq «Kursiv» Universal Sugurta sugʻurta kompaniyasi litsenziyasidan mahrum boʻlgani haqida yozgan edi.