Uzcard va IT Park University oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Uzcard toʻlov tizimi va IT Park University oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda toʻlov tizimi o‘z Telegram kanalida ma’lum qildi.
Tomonlar birgalikda malaka oshirish dasturlarini amalga oshirish va amaliyot oʻtashni rejalashtirmoqda. IT Park bitiruvchilari Uzcardʼda ishga joylashish imkoniyatiga ega boʻladi.
Uzcard («Yagona umumrespublika protsessing markazi») elektron toʻlovlarni amalga oshiradi va ekvayring faoliyatini ta’minlaydi. Toʻlov tashkilotlari va banklarni birlashtirgan provayder funksiyasini bajaradi.
IT Park University IT sohasi uchun mutaxassislar tayyorlaydigan ta’lim muassasasidir. EPAM Systems xalqaro kompaniyasi tomonidan IT Park platformasi bilan birgalikda asos solingan.
Avvalroq «Kursiv» Uzcard foydasi $51,6 mlnga oshgani haqida xabar bergan edi.