2024-yilning birinchi yarim yilligida Oʻzbekiston aeroportlarida 53,3 mingta reys amalga oshirildi. Bu haqda «Uzbekistan Airports» matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, shulardan 16,3 mingtasi ichki yoʻnalishlarda, 36,9 mingtasi esa xalqaro yoʻnalishlarda amalga oshirildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 37 foiz o‘sishni tashkil etdi.
Shuningdek, yanvar – iyun oylarida Oʻzbekiston aeroportlari 6,3 mln nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdi. Shulardan ichki reyslarda 1,2 mln nafar, xalqaro reyslarda esa 5,1 mln nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatildi. Bu 2023-yilning mos davriga nisbatan 36 foiz o‘sishni tashkil etdi.
Mazkur davrda 40 ming tonna yuk va pochta joʻnatmalariga xizmat koʻrsatildi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 18 foiz ko‘pdir.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda respublika aeroportlariga 84 ta yoʻnalish boʻyicha yoʻlovchi qatnovlari amalga oshirilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» «UzAirways» Samarqanddan Nijniy Novgorodga parvozlarni yoʻlga qoʻygani haqida xabar bergan edi.