Ko‘chmas mulk bozori pasaymoqda

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Bir oy davomida faollik 6,4 foizga pasayib, ikki oylik ijobiy dinamikaning o‘rnini egalladi
Foto: Roman Fedotov / «Kursiv»

2024-yilning iyun oyida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimlari soni kamayib, 20,2 mingtani tashkil qildi, deb xabar berdi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM). Bozor faolligi 6,4 foizga kamaydi.

«Tahlil koʻchmas mulk bozorining beqarorligi va qisqa muddatli tebranishlariga ishora qilmoqda. Xususan, bir oy davomida faollik 6,4 foizga pasayib, ikki oylik ijobiy dinamikaning oʻrnini egalladi. Holbuki, may oyida sotuvlar 9 foizga, aprel oyida esa 11 foizga oshgan edi. Yil davomida sotuvlar esa deyarli 14 foizga pasaydi», deyiladi xabarda.

Hududlar boʻyicha oy davomida koʻchmas mulk bilan bogʻliq operatsiyalarning eng koʻp qisqarishi Sirdaryo, Buxoro va Andijon viloyatlarida kuzatildi – mos ravishda 21%, 20% va 16%.

Respublikaning aksariyat hududlarida sotuvlar umumiy qisqarishiga qaramay Toshkent shahrida ijobiy dinamika kuzatimoqda (oyiga +5%).

Ijara bozori

«Poytaxt ijara bozori may oyida biroz tiklanishdan soʻng, yana pasayish bilan xarakterlandi. Xususan, Toshkentda ijaraning oʻrtacha bahosi 1,2 foizga pasayib, bir kvadrat metr uchun 8,3 dollarni tashkil etdi. Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara haqi hamon yuqori boʻlib, har kvadrat metr uchun oʻrtacha 10,2 dollarga teng boʻlib turibdi», deyiladi ITIM sharhida.

Avvalroq «Kursiv» 2024-yil may oyida respublika ko‘chmas mulk bozoridagi vaziyat haqida xabar bergan edi. Shuningdek, Toshkent shahridagi 2024-yilning ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha kvartiralarning narxi haqida ham ma’lum qilindi.

Shuningdek