
10-iyul, chorshanba kuni O‘zbekistonning Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati +37…+42° bo‘ladi, deb xabar berdi «O‘zgidromet».
Sinoptiklar Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida esa +33…+38° bo‘lishini taxmin qilmoqda.
Toshkentda bugun +36…+38° issiq bo‘lishi kutilmoqda. Poytaxtda yomg‘ir yog‘maydi.
Avvalroq «Kursiv» issiqlik inson tanasiga qanday ta’sir qilishi haqida yozgan edi.