Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi «BYD Uzbekistan Factory» zavodida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi vazifalarga doir hisoboti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
BYD elektromobillar va gibridlarni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha dunyoda yetakchi kompaniya. Uning zavodi joriy yilning 27-iyun kuni prezident ishtirokida ishga tushirilgan edi. Bu BYD kompaniyasining Xitoydan tashqarida ochilgan ilk zavoddir. Ishga tushirish doirasida O‘zbekiston tomonidan plastik qismlar, oynalar, bamperlar, disklar va boshqa ko‘plab komponentlar ishlab chiqarilishi bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi.
Shuningdek, xitoylik hamkorlar bilan V, S va budjet avtomobillari segmentidagi mashinalar ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik imzolandi. Birinchi namunalar xitoylik hamkorlar tomonidan standartlashtirish tizimi sinovlarini o‘tkazish uchun laboratoriyalarga ham taqdim etildi.
Qayd etish joiz, Jizzaxdagi «BYD Uzbekistan Factory» kompaniyasiga malakali mutaxassislarni jalb qilish uchun Jizzax politexnika instituti va Toshkentdagi Turin politexnika universiteti bilan birgalikda muhandislik o‘quv markazini tashkil etish rejalashtirilgan. «BYD Uzbekistan Factory» qo‘shma korxonasi kelgusida ishlab chiqarish quvvatini yillik 500 ming donaga yetkazish va eksport bozorlariga chiqish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BYD kompaniyasi tomonidan iyun oyida qancha avtomobil sotilgani haqida xabar bergan edik.