Qaysi banklardan rasmiy ish haqisiz ipoteka kreditini rasmiylashtirsa bo‘ladi
Oʻzbekistonda aholining yildan-yilga oʻsib borishi uy-joyga boʻlgan ehtiyojning ortishiga olib kelmoqda. Uy-joyga boʻlgan talabning yuqoriligidan kelib chiqib, mamlakatdagi koʻplab banklar tomonidan uy-joy uchun ipoteka kreditlari berilmoqda. Bu safar «Kursiv» mamlakatdagi qaysi banklardan rasmiy ish haqisiz ipoteka kreditini rasmiylashtirish mumkinligi oʻrganib chiqdi.
«Ipak yoʻli» banki tomonidan taqdim qilinayotgan foiz stavkasi 27-28% tashkil qiladi. Kredit muddati esa 7 yil etib belgilangan. Boshlangʻich toʻlov 50 foizni tashkil etsa, kredit miqdori 800 mln soʻmgacha.
«Ziraat Bank»da foiz stavkasi 25,5-28 foizni tashkil qiladi. Ipoteka kreditining muddati 10 yil etib belgilangan. Boshlangʻich toʻlov 30 foizdan boshlansa, kredit miqdori 1,85 mlrd soʻmgacha.
«Davr bank»da foiz stavkasi 28,99 foizni tashkil qiladi. Kredit muddati 7 yil etib belgilangan. Boshlangʻich toʻlov 0 foiz boʻlsa, kredit miqdori 1,5 mlrd soʻmgach.
«Agrobank»da foiz stavkasi 17,5 foizni tashkil qildi. Kredit muddati 20 etib belgilangan. Boshlangʻich toʻlov 50 foiz boʻlsa, kredit miqdori 420 mln soʻmgacha.
MKBankda foiz stavkasi 18% tashkil qiladi. Kredit muddati 20 yil etib belgilangan. Boshlangʻich toʻlov 15 foiz boʻlsa, kredit miqdori 420 mln soʻmgacha.
«Asia Alliance Bank»da foiz stavkasi 29,99 foizni tashkil qiladi. Kredit muddati 12 yil etib belgilangan. Boshlangʻich toʻlov 30 foiz boʻlsa, kredit miqdori 1,1 mrld soʻmgacha.
«Turon bank»da foiz stavkasi 17-18% tashkil qiladi. Kredit muddati 20 yil etib belgilangan. Boshlangʻich toʻlov 50 foiz boʻlsa, kredit miqdori 420 mln soʻmgacha.
Xalq bankida foiz stavkasi 25 foizni tashkil qiladi. Kredit muddati 15 yil etib belgilangan. Boshlangʻich toʻlov 40 foiz boʻlsa, kredit miqdori 1,19 mlrd soʻmgacha.
«Milliy bank»da foiz stavkasi 18 foizni tashkil qiladi. Kredit muddati 20 yil etib belgilangan. Boshlangʻich toʻlov 40 foiz boʻlsa, kredit miqdori 420 mln soʻmgacha.
Eslatma: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi. Keyinchalik shartlar oʻzgarishi mumkin. Ipoteka kredit boʻyicha batafsil ma’lumotlarni banklar saytlaridan topish mumkin.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistondagi qaysi banklardan kredit karta ochish mumkinligi haqida xabar bergan edi.