O‘zbekistondagi tadbirkorlar cheklarni tahrirlashga imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi o‘z sahifasida xabar berdi.
Unga ko‘ra, qo‘mita tadbirkorlarga 2023-yil 1-yanvardan chop etilgan onlayn-NKT va elektron cheklarda yuzaga kelgan xatoliklarni tahrirlash imkoni beriladi. Ayni paytda buning uchun texnik imkoniyatlar yaratilish jarayonida. Tadbirkorlardan ham tegishli choralarini ko‘rishlari so‘raladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekistonda yirik soliq toʻlovchilar uchun yangi mezonlar belgilab berilgani haqida xabar bergan edi.