2024-yilning ikkinchi choragi yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahridagi turarjoy ko‘chmas mulkining bir kvadrat metri narxi o‘rtacha 5 foizga oshdi, deb ma’lum qildi «CMWP Uzbekistan» konsalting kompaniyasi.
Komfort klass turarjoy segmentida kvadrat metr narxi 966 dollardan 1134 dollargacha, Biznes toifalarida – 1284 dollardan 1428 dollargacha, Premium – 1930 dollardan 2204 dollargacha.
«CMWP Uzbekistan» har chorakda ko‘chmas mulk narxlarini qurilish kompaniyalari ma’lumotlari asosida tahlil qiladi. Xulosa 450 ta obyektdagi narxlarga asoslanadi.
Avvalroq «Kursiv» xorijiy kompaniyalar O‘zbekistondagi tijorat ko‘chmas mulk bozoriga qanday ta’sir o‘tkazayotgani haqida yozgan edi.