Joriy yilning 15-iyulidan 15-avgustiga qadar «Toshkent – Markaziy» vokzali ta’mirlash ishlari uchun qisman yopiladi. Ko‘pchilik poyezdlar Janubiy vokzaldan jo‘naydi, deya xabar berdi Transport vazirligi.
«Afrosiyob», «Sharq» va «Nasaf» poyezdlari Janubiy vokzaldan «Toshkent – Andijon – Toshkent», «Toshkent – Volgograd – Toshkent» va «Dushanbe – Toshkent – Dushanba» yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlanadi.
Markaziy vokzal ishidagi o‘zgarishlar Olmaota, Novosibirsk, Samara va Xojikent yo‘nalishidagi reyslarga ta’sir qilmaydi.
Ta’mirlash davrida har ikki bekatda chiptalar sotish punktlari faoliyatni to‘xtatmaydi.
Yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida ikki vokzal oʻrtasida bepul avtobuslar yoʻlga qoʻyiladi, deya qoʻshimcha qildi vazirlik.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda jazirama tufayli poyezdlar tezligiga cheklovlar joriy etilishi haqida yozgan edi.