Toshkentda bankdan 370 mlrd soʻm oʻgʻirlamoqchi boʻlgan kiberjinoyatchilar ushlandi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu haqda DXX axborot xizmati ma’lum qildi
Foto: Welcomia / depositphotos.com

Toshkentda bankdan pul oʻgʻirlamoqchi boʻlgan kiberjinoyatchilar ushlandi. Bu haqda DXX axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, kiberjinoyatchilar bank hisob raqamlari hamda moliya muassasasi ilovasiga ulangan fuqarolarning plastik kartalarida saqlanayotgan pul mablagʻlarini xakerlik hujumi orqali noqonuniy oʻzlashtirishga uringan.

Bankning sobiq xodimi sobiq hamkasbi bilan til biriktirib, unga moliya institutining dasturiy ta’minoti va hisob raqamlariga kirish imkonini beruvchi kodlarni bergan. Buning uchun u $6,5 ming dollar olgan.

U ikki sherigi bilan xakerlar yordamida kartalardan 370 mlrd o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan. Pullarni ofshor zonalardagi hisob raqamlariga o‘tkazish rejalashtirilgan edi.

Qonunbuzarlar 189 mlrd soʻmni chet el valyutasiga konvertatsiya qilishga va offshor hududlar orqali xorijdagi hisob raqamiga oʻtkazishga uringan vaqtlarida jinoyat ustida qoʻlga olindi.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Avvalroq «Kursiv» oʻzganing plastik kartasidan 110 mln soʻm oʻgʻirlagan shaxslar ushlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek