Yangiliklar

Xiaomi kompaniyasi toʻliq avtomatlashtirilgan “aqlli zavodni” ishga tushirdi

Bu haqda kompaniya asoschisi Ley Szyun mikroblog Weibo saytida maʼlum qildi
Foto: ChinaImages / www.depositphotos.com

Xitoyning Xiaomi texnologiya korporatsiyasi asosiy jarayonlar 100 foiz avtomatlashtirilgan yangi «aqlli zavodni» ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya asoschisi mikroblog Ley Szyun Weibo saytida maʼlum qildi.

«Chuqur tadqiqotlar orqali biz asosiy jarayonlarni 100 foiz avtomatlashtirishga erishdik, sanoat katta maʼlumotlar bazasini yaratish va ishlab chiqarishni raqamlashtirish jarayonini yakunladik», — dedi Ley.

Shuningdek, kompaniya asoschisi Xiaomi Pengpai «intellektual ishlab chiqarish platformasi»ni ishlab chiqishni yakunlanganini maʼlum qildi. U asbob-uskunalar bilan bogʻliq muammolarni aniqlaydigan, texnologik jarayonlarni takomillashtirish va toʻliq boshqaruvni amalga oshiradigan yangi zavodning «miyasi» boʻldi. Xomashyo sotib olishdan tortib to tovar yetkazib berishgacha boʻlgan jarayonlarni amalga oshiradi.

Maʼlumot uchun, Xiaomi — Xitoy texnologiya korporatsiyasi boʻlib, 2021-yilda kompaniya smartfon ishlab chiqarish boʻyicha yetakchiga aylandi. Shuningdek, Kompaniya gadjetlar, maishiy texnika, dasturiy taʼminot va elektr skuterlarni ishlab chiqaradi.

Avvalroq «Kursiv» Amerikaning Time jurnali Xiaomiʼni 2024 yilning eng nufuzli kompaniyalaridan biri sifatida tan olgani haqida xabar bergan edi.