Yangiliklar

O‘tgan yili qancha odam xorijga ko‘chib ketdi

Bu undan oldingi yilga qaraganda 2 baravar ko‘p ko‘rsatkichdir
Foto: Pexels.com

O‘tgan yili O‘zbekistoning turli hududlaridan jami 17,3 ming nafar odam xorijiy davlatlarga turli sabablar bilan ko‘chib ketgan. Bu haqda batafsil Statistika agentligi bergan ma’lumotda bayon qilingan.

Unga ko‘ra, eng ko‘p odam ko‘chib ketgan hudud Qoraqalpog‘iston bo‘lib, 7 mingga yaqin vatandoshlarimiz yashash manzilini chet davlatlaridan biriga o‘zgartirgan.

Eng kam ko‘rsatkich Qashqadaryoga tegishli. Viloyat bo‘yicha atigi 56 nafar odam xorijga ko‘chib ketgan.

Shuningdek, Toshkent shahrining o‘zidan o‘tgan yilda taxminan 2,2 ming nafar yurtdoshimiz yashash joyi sifatida xorijiy davlatlardan birini tanlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ajralishlar soni ortib, nikohlar soni kamaygani haqida ham xabar bergan edik.