Go‘daklar o‘limi bo‘yicha dunyo reytingida O‘zbekiston qaysi o‘rinni egallaydi

eʼlon qilindi
Reytingda 227 ta davlat joy olgan
Foto: Pexels.com

«CIA World Factbook» go‘daklar o‘limi bo‘yicha davlatlar reytingini tuzdi. Batafsil ma’lumot uning rasmiy veb-saytida mavjud.

Reyting 1 yoshgacha bo‘lgan har 1000 nafar go‘dakdan nechtasi vafot etganiga qarab tuzilgan.

Unga ko‘ra, Afg‘onistonda go‘daklar o‘limi holati eng yuqori ko‘rsatkichda bo‘lib, har 1000 nafar go‘dakdan 101,3 nafari 1 yoshdan oshmay vafot etmoqda. Keyingi eng yuqori ko‘rsatkich Somalida kuzatilgan. Ushbu davlatda har 1000 nafardan 83,6 chaqaloq hayotdan ko‘z yumgan. Markaziy Afrika Respublikasi uchinchi pog‘onani «egallagan». Unda 1 yoshgacha bo‘lgan har 1000 go‘dakdan 80,5 nafari o‘limga yuz tutgan.

Reytingning oxirgi o‘rinlardan Sloveniya va Singapur davlatlari joy olgan. Ushbu davlatlarda har 1000 nafar chaqaloqning 1,5 nafarida o‘lim holati qayd etilgan.

Ma‘lumot uchun, O‘zbekiston ushbu reytingda 85-o‘rinni band etgan. Bunda har 1000 nafar chaqaloqning 18,2 nafari vafot etayotgani ma’lum qilingan.

O‘zbekistonning reytingdagi o‘rni. Manba: www.cia.gov

Shuningdek, qo‘shni Qozog‘iston 146, Tojikiston 73, Qirg‘iziston 61 hamda Turkmaniston 34-o‘rinlarda qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston nochor davlatlar reytingida nechanchi o‘rindaligi haqida xabar bergan edik

Shuningdek