Oʻzbekistonda Rossiya bilan hamkorlikda yana ikkita sanoat parki tashkil etiladi

eʼlon qilindi
Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi xabar berdi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Rossiya bilan hamkorlik orqali Oʻzbekistonning Buxoro va Navoiy viloyatlarida sanoat parklarini tashkil etilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Rossiyaning Oʻzbekistondagi savdo vakolatxonasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bunga Oʻzbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va uning rossiyalik hamkasbi Anton Alixonov oʻrtasida «Innoprom – 2024» xalqaro koʻrgazmasi doirasidagi uchrashuvda kelishuvga erishildi.

Tomonlar boʻlajak sanoat parklari rezidentlari roʻyxatini shakllantirish va obyektlar qurilishiga tayyorgarlik koʻrilayotganini ma’lum qildi. Majmualarni ishga tushirish 2024-yilga moʻljallangan.

Bugungi kunda Oʻzbekistonda Rossiya bilan hamkorlikda Toshkent va Jizzax viloyatlarida ikkita sanoat parki faoliyat yuritmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi har yili 17 foizga oshirilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek