Oʻzbekistonda OTMga kirish test sinovlari 14-iyuldan boshlanadi

eʼlon qilindi
Imtihonlar 14 – 28-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi
Foto: Pixabay

2024/2025-oʻquv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish test sinovlari 14-iyuldan boshlanadi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

Ma’lumot uchun, test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarga «Abituriyent ruxsatnomasi» my.uzbmb.uz sayti orqali berilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda oliy oʻquv yurtlariga kirish imtihonlari 14 – 28-iyul kunlari boʻlib oʻtishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek