Farg‘ona viloyatida qiymati $7 mlrddan ortiq loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan

eʼlon qilindi
Ushbu loyihalar orqali 23 mingdan ziyod odamlar ish bilan ta’minlanadi
Foto: President.uz

Farg‘ona viloyatida xorijiy investor va mahalliy tadbirkorlar tomonidan $7 mlrd qiymatda 132 ta loyiha amalga oshirish rejalashtirilgan. Bularning $2,1 mlrdlik 25 tasi Shavkat Mirziyoyevga taqdimot sifatida ko‘rsatildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Avstriya, AQSH, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Germaniya, Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Yaponiya va Ozarbayjon kompaniyalari investitsiya yo‘naltirmoqda. Xususan, to‘qimachilik, oziq-ovqat, tibbiyot, elektrotexnika, qurilish, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalarga sarmoya jalb etilmoqda.

Birgina Xitoy investorlari hamkorligida Uchko‘prik tumanida $50 mlnlik keramik plitalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.  Natijada 500 nafar yangi ish o‘rni shakllantirildi. Quva tumanida esa Saudiya Arabistonidan kelgan investorlar hamkorligida $50 mln qiymatdagi isitish va sovitish tizimlari ehtiyot qismlari ishlab chiqarish va 350 kishi bandligiga erishiladi. Ushbu 132 ta loyiha amalga oshirilsa, 23 mingdan ziyod kishilar bandligi yo‘lga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, sal avvalroq Farg‘ona viloyatidagi «Qo‘qon» iqtisodiy zonasi kengaytirilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek