«Qo‘qon» iqtisodiy zonasi kengaytiriladi
«Qo‘qon» erkin iqtisodiy zonasi (EIZ) kengaytirilib, unga 210,4 gektar yer qo‘shiladi. Bu haqdagi qaror O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan.
Farg‘ona viloyati hokimligi bir oy muddatda O‘zR Qurilish vazirligi va boshqa idoralar ko‘magida EIZni kengaytirishning bosh rejasini tasdiqlaydi. Uning ishlab chiquvchisi tanlov asosida aniqlanadi.
2026-yil oxiriga qadar EIZning yangi hududida $1 milliardlik investitsiyalarni o‘zlashtirish va $965 millionlik ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston maxsus iqtisodiy zonalar faoliyati uchun belgilangan muddatlarni bekor qilishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi. Bu haqda Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumida aytib o‘tdi.