Samsung yangi smartfonlarini namoyish etdi

eʼlon qilindi
Shuningdek, kompaniya naushniklar, soatlar va “aqlli uzuk”ni taqdim etdi.
Samsung Youtube kanalidagi taqdimotdan skrinshot

Janubiy Koreyaning «Samsung» kompaniyalar guruhi Unpacked nomli taqdimot o‘tkazdi va unda yangi gadjetlar, jumladan, smartfonlar taqdim etildi.

Kompaniya o‘rnatilgan sun’iy intellekt (SI) funksiyalariga va IP48 himoya darajasiga ega (namlikka chidamli va mayda begona jismlardan himoyalangan) Galaxy Z Flip 6 va Z Fold 6 qurilmalarini namoyish etdi.

Smartfonlar 24-iyuldan sotuvga chiqariladi va butun dunyo bo‘ylab ularga oldindan buyurtmalar allaqachon ochilgan.

Bundan tashqari, Samsung simsiz shovqinni bekor qiluvchi Galaxy Buds 3 va Buds 3 Pro naushniklarini taqdim etdi. Shuningdek, Galaxy Watch 7 va Galaxy Watch Ultra fitnes mashqlari va salomatlik monitoringi tizimlariga ega aqlli soatlar, foydalanuvchining jismoniy holatini ham kuzata oladigan «aqlli uzuk» Galaxy Ring ham kompaniyaning yangi mahsulotlari qatoriga kiradi.

Avvalroq «Kursiv» «Apple» taqdimoti haqida yozgan edi.

Shuningdek