Banklar va moliya

TBC Bank Uzbekistan $38,2 million investitsiya jalb qildi

Mablag‘lar YeTTB va IFC tomonidan ajratiladi
Foto: TBC Bank

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) va Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) TBC Bank Uzbekistan ustav kapitaliga $7,6 milliondan sarmoya kiritadi. Bu haqda bank matbuot xizmati «Kursiv»ga ma’lum qildi.

Bundan tashqari, moliya institutining bosh kompaniyasi – TBC Bank Group PLC tomonidan $23 million sarmoya kiritadi.

Investitsiyalar TBC Bank Uzbekistanʼga jismoniy shaxslarga kreditlar berishni saqlab qolishga, shuningdek, mikro va kichik biznes uchun investitsiyalarni ishlab chiqarish kabi yangi xizmatlariga yoʻnaltiriladi.

Oʻzbekistondagi TBC bankiga kiritilgan sarmoyalarning umumiy hajmi $130 millionni tashkil etdi. Shu bilan birga, $38,2 millionlik transh eng kattasi hisoblanadi.

Avvalroq «Kursiv» iyun oyi boshida Fitch Ratings TBC Bank Uzbekistanʼga «BB-» reytingini bergani haqida xabar bergan edi.