Yangiliklar

Uy bekalari ham ish stajiga ega bo‘lishlari mumkinmi

101 faoliyat turi bo‘yicha o‘zini o‘zi band qilish mumkin
Foto: Pexels.com

Hozirgi kunda band boʻlmagan fuqarolar oʻzini oʻzi band qilgan holda ijtimoiy soliq toʻlash orqali ish staji olishlari mumkin. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi xabar berdi.

Prezidentning 2020-yil 8-iyunda PQ-4742-son «Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilingan. Unga ko‘ra, fuqarolar 101 faoliyat turlaridan biri bilan o‘zini o‘zi band qilishlari mumkin. Roʻyxatdan oʻtgan fuqarolar yiliga BHMning kamida bir baravari miqdorida ijtimoiy soliq toʻlashlari talab etiladi. Shunda ularda 1 yillik ish staj olish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Bu haqida batafsil ma’lumot bu yerda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qanday hollarda tayinlangan pensiyani toʻlash toʻxtatilishi haqida yozgan edik.