«Xitoy — Qirgʻiziston — Oʻzbekiston» temir yoʻlida Oʻzbekistonning ulushi $225 millionni tashkil etadi

eʼlon qilindi
Bu haqda prezident qarorida aytilgan
Фото: Unsplash

«Xitoy — Qirgʻiziston — Oʻzbekiston» temir yoʻli loyihasi kompaniyasining ustav kapitalidagi Oʻzbekistonning ulushi $225 million tashkil etadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning qarorida koʻrsatilib oʻtilgan.

Qarorga koʻra, mablag‘lar bosqichma-bosqich ajratiladi. Joriy yilda kompaniyani qoʻllab-quvvatlash uchun $14 million ajratilishi rejalashtirilgan.

Temir yoʻl qurilishini boshlash joriy yilning avgust yoki oktabr oylariga moʻljallangan. Loyihaga kiritilgan sarmoya $4,7 milliardga baholanmoqda. Avvalroq bu koʻrsatkich $8 milliard deb e’lon qilingan edi.

Asosiy pudratchi Xitoyning «China Railway International» kompaniyasi hisoblandi. Qurilishga Oʻzbekiston va Qirgʻiziston kompaniyalarini ham jalb etishni rejalashtirgan.

Avvalroq «Kursiv» mazkur temir orqali Xitoydan Oʻzbekistonga 15 million tonnagacha yuk tashilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek