Yangiliklar

«Andijon biokimyo zavodi»ning 96 foiz davlat aksiyalari 101,3 mlrd soʻmga sotildi

Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi
Foto: «Andijon biokimyo zavodi»

«Andijon biokimyo zavodi» AJ ustav kapitalidagi 96 foiz davlat aksiyalar paketi 101,3 mlrd soʻmga «Jasmine Gold Group» MCHJga sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) xabar berdi.

Ushbu jarayonga «Abrau Сapital» kompaniyasi xususiylashtirish boʻyicha konsultant sifatida jalb etilgan.

«Andijon biokimyo zavodi» spirt va turli turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan.

2024-yilning birinchi choragida kompaniyaning sof foydasi 3 milliard so‘mga yetdi. Bu davrda zavodning umumiy daromadi 46,6 milliard soʻmdan 29,3 milliard soʻmga kamaydi.

Avvalroq «Kursiv» DABA «Oʻzagrosugʻurta» sugʻurta kompaniyasini xususiylashtirish boʻyicha tanlov e’lon qilgani haqida xabar bergan edi.