Bozordagi vaziyat: neft narxi oshib bormoqda
Dunyoning eng yirik xomashyo iste’molchisi boʻlgan Amerika Qoʻshma Shtatlarida (AQSh) inflyatsiya ma’lumotlari e’lon qilinishi fonida jahon bozorlarida neft narxi bir necha sessiyalar davomida ketma-ket oʻsib bormoqda, deb xabar berdi «Trading economics» portali.
Shu tariqa Brent neftining bir barreli narxi juma kuni ertalab 85,6 dollarga, WTI – 82,9 dollarga ko‘tarildi.
AQShda inflyatsiya investorlar kutganidan past bo‘ldi. Shu sababli, bu bozor ishtirokchilariga Federal rezerv tomonidan kelajakdagi stavkaning pasayishini kutish uchun asos beradi.
Qimmatli qog‘ozlar bozoriga kelsak, Tesla (-8,52 foiz), Nvidia (-5,40 foiz) va Intel (-3,84 foiz) aksiyalarida pasayish kuzatilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» 11-iyul kuni jahon bozorlaridagi vaziyat haqida yozgan edi.