Hukumat qaroriga binoan Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetining Chirchiq shahridagi filiali tashkil etiladi. Bu haqda hukumat qarori qabul qilindi.
Unda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari, shuningdek, ilmiy-pedagogik kadrlar ham tayyorlanadi.
Filial bitiruvchilariga O‘zRda oliy ma’lumotliligini tasdiqlovchi, universitet belgilagan namunadagi diplom beriladi.
Filial malakali professor-o‘qituvchilar yordamida iqtisodiyot tarmoqlari, ta’lim, ilm-fan sohalari uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha faoliyat olib boradi.
Filial 2024/2025 o‘quv yili boshlanishidan oldin M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti professor-o‘qituvchilarining 40 foizini ta’minlaydi.
Shu bilan birga, innovatsion tadqiqotlar hamda ularni amaliyotga ko‘chirish, jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik orqali u yerda amaliyot va tajriba almashunuvi dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining fikrlari haqida yozgan edik.