
12-iyul kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 19,75 so‘mga pasaydi va 12 635,27 so‘mni tashkil qildi.
Mamlakat moliya institutlari dollarni 12 595 – 12 655 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 670 – 12 715 so‘mdan sotishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 11-iyul kuni respublikada AQSh valyutasining o‘rtacha qiymati 22,14 so‘mga ko‘tarilgan edi.