Hukumat qarori bilan avtomobilni qayta jihozlash imkoniyatlari kengaytirildi

eʼlon qilindi
Oʻzgarishlar roʻyxati 58 tadan 241 tagacha kengaymoqda
Foto: Roman Fedotov / «Kursiv»

Hukumat qarori bilan avtotransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnomalar berish muddati 15 kundan 10 kunga qisqartirilmoqda. Bu haqda hukumatning davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini soddalashtirish va byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish toʻgʻrisidagi qarorida koʻrsatib oʻtildi.

Qayd etilishicha, avtomobilni qayta jihozlangan deb tan olinadigan oʻzgarishlar roʻyxati 58 tadan 241 tagacha kengaymoqda.

Avtomashinani qayta jihozlashga ruxsat berish haqidagi arizani koʻrib chiqish uchun BHMning 30 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.

Shuningdek, avtotransport vositasini boshqarish huquqiga ishonchnoma elektron shaklda rasmiylashtirilganda egasining qarzdorligi Majburiy ijro byurosining maʼlumotlar bazasi orqali avtomatik tarzda tekshiriladi.

Avvalroq «Kursiv» BYD Oʻzbekistonda byudjetli avtomobillar ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek