Yangiliklar

Isroil oʻz maqsadlariga erishmaguncha Gʻazodagi urushni toʻxtatmaydi – Netanyaxu

Mojaro 2023-yil oktabrda boshlangan
Foto: wollertz / www.depositphotos.com

Gʻazo sektorida HAMAS harakati agʻdarilmaguncha Isroil harbiy amaliyotlarini toʻxtatmaydi, dedi Isriol bosh vaziri Benyamin Netanyaxu.

«Biz gʻalabali yakunga erishamiz, barcha maqsadlarimizga erishmagunimizcha urushni toʻxtatmaymiz. Gʻazo sektoridagi HAMAS hukumatini agʻdaramiz», deydi Netanyaxu.

Bosh vazir mamlakatning boshqa maqsadlari qatorida isroillik garovga olinganlarni ozod qilish, mamlakat janubi va shimolidagi aholini oʻz uylariga qaytarish, shuningdek, kelajakda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan barcha tahdidlarni bartaraf qilishni qayd etdi.

Isroil va HAMAS oʻrtasidagi hozirgi harbiy mojaro 2023-yil oktabr oyi boshidan beri davom etmoqda.

Avvalroq «Kursiv» HAMAS isroillik garovga olinganlarni ozod qilish boʻyicha muzokaralarga rozi boʻlgani haqida xabar bergan edi.