Marg‘ilonda 25 ming nafar aholiga mo‘ljallangan uy-joy quriladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu haqda O‘zbekiston prezidenti ma’lum qildi
Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida 110 gektar yangi turarjoy massivi paydo bo‘ladi, dedi prezident Shavkat Mirziyoyev viloyatga tashrifi chog‘ida.

«Marg‘ilonliklarning yashash sharoitlaridan, uy-joylarga ehtiyojidan xabarim bor. Shu talab va istaklarni, ko‘pchilik oilalarning orzularini inobatga olib, zamonaviy imoratlar qurishni o‘ylayapmiz», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Besh ming xonadon bo‘lgan, 25 ming kishi yashashi mumkin bo‘lgan yangi hududda uylar qurilishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, hududda ilmiy-tadqiqot markazi, maqom san’ati teatri, yuridik institut, toʻrtta mehmonxona va bir qancha savdo majmualari quriladi.

Avvalroq «Kursiv» Farg‘ona viloyatida $7 milliardlik yuzdan ortiq loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilganini yozgan edi.

Shuningdek