Markaziy bank firibgarlarga qarshi kurashish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar ishlab chiqdi
Yangi subyektlar faoliyati davomida kutilayotgan firibgarliklarning oldini olishga qaratilgan bir qator choralar joriy etilmoqda. Bu haqdagi qaror Markaziy bank tomonidan qabul qilindi.
Endi toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari aksiyadorlik jamiyatlari shaklida ish olib borishi belgilandi. Toʻlov tizimi operatori ustav kapitalining kamida 50 mlrd soʻmni tashkil qilishi lozim bo‘ldi. Shuningdek, toʻlov tashkiloti uchun 10 mlrd soʻm hamda 2025-yil 1-iyuldan boshlab 20 mlrd soʻmni tashkil qilishi kerakligi belgilab qo‘yildi.
Shu bilan birga, litsenziya da’vogari tomonidan berilgan arizaga antifrod tizimi tavsifi qo‘shimcha ilova qilinishi belgilandi. Bu esa hali faoliyat yuritmagan yangi subyektlarning ehtimoliy risklarini bartaraf qilishda yordam beradi. Mazkur nizom natijasida toʻlov xizmatlari bozorida firibgarlarga qarshi kurashish bo‘yicha yangi chora-tadbir sifatida baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy bank firibgarlikning yangi turidan ogohlantirgani haqida xabar bergan edik.