Yangiliklar

Oʻzbekiston BMTning Ukrainadagi yadroviy inshootlar xavfsizligi bo‘yicha rezolyutsiyasiga ovoz berishda betaraf qoldi

Jami 60 ta davlat betaraf qoldi
Foto: BMT

11-iyul kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasi a’zolari Ukraina yadroviy inshootlari boʻyicha AQSh va uning ittifoqchilari tomonidan tayyorlangan rezolyutsiyani qabul qildi.

Qayd etilishicha, rezolyutsiyaga 99 ta davlat ovoz bergan, jumladan, Rossiyaning ittifoqchilari sifatida qarab kelingan Xitoy, shuningdek, qator arab davlatlari tomonidan ham qoʻllab-quvvatlangan.

Oʻz navbatida, rezolyutsiyaga 9 ta davlat Rossiya, Belarus, Kuba, Suriya, KXDR va boshqa davlatlar qarshi chiqqan. 60 ta davlat, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari — Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Qozogʻiston va yana 56 mamlakat esa betarafligini bildirgan.

«Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Rossiya Federatsiyasidan Ukrainaga qarshi tajovuzkorligiga zudlik bilan toʻxtatishni va barcha qurolli kuchlarini ushbu mamlakat hududidan soʻzsiz olib chiqib ketishni talab qiladi. Rossiya Federatsiyasi Zaporojye atom elektr stansiyasidan (ZAES) harbiy xizmatchilarni va boshqa ruxsatsiz xodimlarni zudlik bilan olib chiqishi kerak», deyiladi rezolyutsiyada.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston Falastinga koʻproq huquqlar berilishi uchun ovoz bergani haqida xabar bergan edi.