Bir gramm sof oltinning narxi yana 1 million so‘mdan oshdi
O‘lchovli oltin quymalar va sotuv tangalarining yangi narxlari ma’lum qilindi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, o‘lchovli quyma oltinning 5 grammi 5,039 mln so‘mni, 10 grammi 10,079 mln so‘mni, 20 grammi 20,157 mln so‘mni va 50 grammi 50,393 mln so‘mni tashkil etmoqda.
Esdalik tangalar esa 15 grammi 15,265 mln so‘m, 20 grammi 20,353 mln so‘m qiymatga ega bo‘lib turgan bo‘lsa, 31,1 gramm oltin tanga 31,649 mln so‘m, xuddi shuncha gramm kumush tanga 784 ming so‘m narx bilan baholanmoqda.
O‘tgan qisqa vaqt ichida bir gramm oltin narxi 8 iyuldagi narxlarga nisbatan 15,2 ming so‘mga qimmatlashgan. Esdalik tangalari misolida ham narxlarda o‘sishni kuzatishimiz mumkin. Misol uchun, 31,1 gramm oltin tanga 477 ming so‘mga, huddi shuncha gramm kumush tanga esa 13 ming so‘mga qimmatlagan.
Avvalroq «Kursiv» so‘nggi 12 oy ichida mamlakatda inflyatsiya darajasi qanday bo‘lgani haqida yozgan edi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda so‘nggi 12 oy ichida sezilgan inflyatsiya darajasi qanday bo‘lgani haqida yozgan edi.