O‘zbekiston – Xitoy sement zavodiga nisbatan ish ochildi
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Oʻzbekistonning Andijon viloyatida joylashgan «Shangfeng – Bridge of Friendship» sement zavodiga qarshi antidemping ishini qoʻzgʻatdi, deb xabar qildi tashkilot matbuot xizmati.
Avvalroq Farg‘ona vodiysidagi sement zavodlari mazkur korxona faoliyati yuzasidan shikoyatlar bilan qo‘mitaga murojaat qilgan edi. Murojaatchilar xitoylik investorlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan kompaniya mahsulot tannarxidan past narxlarda sotilayotganini ta’kidladi. Shu sababli bozorning boshqa ishtirokchilari bankrotlik xavfiga duch kelishadi.
Qo‘mita rahbari Halilillo Turaxujayev vaziyatni shaxsan o‘rganib, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlaridan kelgan 13 ta sement zavodi vakillari bilan uchrashdi. Qo‘mita «Shangfeng – Bridge of Friendship» demping borligini tekshirish uchun so‘rov yuborgan, biroq javob olmagan. Shu bois kompaniyaga nisbatan ish ochilgan.
Avvalroq O‘zbekistonda qurilish materiallari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish rejasini ortig‘i bilan bajarish rejalashtirilayotgani xabar qilingandi.