
12-iyul, juma kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida havo +33…+38° gacha isishi mumkin, deb xabar berdi «O‘zgidromet».
Ba’zi hududlarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha (12 balli Bofort shkalasi bo‘yicha sakkizdan to‘qqiz ballgacha) kuchayib, chang-to‘zoni yuzaga kelishi mumkin.
Mamlakat janubida havo harorati +40…+42° gacha ko‘tariladi. Respublikaning togʻli hududlarida +23…+28° gacha issiq boʻladi.
Toshkentda sinoptiklar +36…+38° bo‘lishini taxmin qilmoqda. Yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» o‘zingizni issiqdan qanday himoya qilish haqida yozgan edi.