O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlari soni qariyb 3 barobar oshdi
eʼlon qilindi
O‘tgan etti yil ichida
O‘zbekistonda yetti yil ichida oliy ta’lim muassasalari soni 77 tadan 211 taga ko‘paydi, deya xabar berdi respublika Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva.
Uning qoʻshimcha qilishicha, mamlakatda oliy ta’limni qamrab olish darajasi 9 foizdan 42 foizga oshgan.
Norboyeva respublikada 30 ga yaqin xorijiy oliy o‘quv yurtlari borligini, ularning yarmidan ko‘pi MDH davlatlaridan ekanligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, 1999-yildan 2023-yilgacha O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlari uchun ajratilgan kvotalar soni 4,9 barobarga oshdi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston rezidentlari xorijga o‘qishga ketish ehtimoli kamaygani haqida yozgan edi.