Yangiliklar

Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha tizimni oʻzgartirish lozim – prezident

Kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya bitta, ya’ni Ijtimoiy himoya agentligi tizimida bo‘ladi
Foto: Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati

Quvada bo‘lib o‘tayotgan prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Fargʻona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha yigʻilishida ijtimoiy masalalar muhokama qilindi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha tizimni oʻzgartirish lozimligini aytdi.

Yig‘ilishda mahalla yettiligi faoliyati, to‘plangan tajribalar tayanib ishlash lozimligi ta’kidlandi. Jumladan, ularning faoliyatiga bank-moliya instrumentlari bilan ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Buning natijasida yangicha yondashuvlarga ehtiyoj paydo bo‘lmoqda.

Ta’kidlanganidek, agar ehtiyojmand aholi doimiy daromadga ega bo‘lmasa, tez orada yana ijtimoiy ko‘makka qaram bo‘lib qolishi, qayta murojaat qilishi tabiiy. Shuning uchun, kambagʻallikni qisqartirish va ijtimoiy himoya yagona Ijtimoiy himoya agentligi tizimida birlashtirilishi ma‘lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, sal avvalroq prezidentning Farg‘ona viloyatda rejalashtirilgan investitsion loyihalar bilan tanishuvi haqida yozgan edik.