Toshkentning tumanlaridan birida hokim almashtirildi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Sobiq hokim yangi ishga o‘tdi
Toshkent shahrining Uchtepa tumani hokimi Farxod Abdullayev «O‘zbekiston texnologik metallar kombinati» aksiyadorlik jamiyatiga rahbar etib tayinlandi. Shu munosabat bilan u ilgari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Tuman hokimining moliya va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Jamshid Alimjonov tuman rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Avvalroq «Kursiv» Ulug‘bek Habiljonov Toshkentning Chilonzor tumani prokurori etib tayinlangani haqida yozgan edi.