«Vodil» va «Oq-qiya» chegara punktlariga xalqaro maqom berilishi mumkin
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Quvada bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda «Vodil» va «Oq-qiya» chegara o‘tkazish punktlariga xalqaro maqom berish masalasi jarayonda ekani ma’lum qilindi. Bu haqda davlar rahbari matbuot kotibi xabar berdi.
Unga ko‘ra, Qirgʻiziston bilan chegaradan ID-karta orqali oʻtish masalasida kelishuvga erishildi. 2023-yilda 20 yildan beri yopiq boʻlgan Shohimardon va Yordon anklav qishloqlariga 400 mingga yaqin turistlar borgan. Ammo «Vodil» va «Oq-qiya» chegara oʻtkazish punktlari xalqaro maqomda emasligi sababli turistlar Shohimardon va Yordonga ancha masofasi bosib, Oʻsh orqali aylanib kelishga majbur bo‘lmoqda. Qirg‘iziston bilan muzokaralar ijobiy hal etilsa, tadbirkorlar «Vodil» va «Oq-qiya» qishloqlariga 100 million dollar investitsiya kiritmoqchiligi ta’kidlandi.
Prezident mas’ullarga Shohimardon va Yordon qishloqlari, Vodil shaharchasining master rejasini tashkil etish topshirig‘ini berdi.
Eslatib o‘tamiz, sal avvalroq kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha ko‘rilgan masalalar haqida xabar bergan edik.