Oʻzbekiston va Qozogʻiston yangi navigatsiya yoʻlagini joriy etdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Kuniga 30 dan ortiq aviakompaniyalar yangi yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda
Foto: Transport vazirligi

Oʻzbekiston va Qozogʻiston yangi navigatsiya yoʻlagini joriy etdi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2024-yil 11-iyuldan T–916 zonali navigatsiya marshrutining yangi boʻlimlari rasmiy e’lon qilindi va havo kemalari parvozi uchun foydalanishga topshirildi. Shu kuni Germaniyaning «Lufthansa» aviakompaniyasi yangi yo‘nalishning birinchi foydalanuvchisi bo‘ldi.

Ushbu 40 kilometrga qisqargan yangi yoʻnalishning joriy etilishi aviakompaniyalarga har kungi reyslar davomida yiliga 30 tonnadan 50 tonnagacha aviayonilgʻini tejash imkonini beradi. Shu bilan birga, kislorod sarfi 50 – 70 tonnaga, atmosferaga zararli dioksid chiqindilari esa yiliga 220 – 250 tonnaga kamayadi.

Prognozlarga koʻra, kuniga 30 dan ortiq aviakompaniyalar yangi optimallashtirilgan yoʻnalish boʻyicha parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston va Qozog‘iston temir yo‘l qurilishi uchun Yevropadan mablag‘ jalb qilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek