Odamlarni 6,1 mlrd soʻmiga aldagan avtosalon mas’ullariga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

eʼlon qilindi
Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi
Foto: VitalikRakko / depositphotos.com

Toshkentdagi «Allianse Motors» avtosaloni mas’ullariga nisbatan jinoyat ish qoʻzgʻatildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Avtosalon mansabdor shaxslari 19 nafar fuqaroga avtomashina olib kelib berish haqida yolgʻon va’dalar berib, 6,17 mlrd toʻlov pulini oʻzlarining ehtiyojlari uchun sarflab yuborishgani aniqlangan.

Hozirgi kunda avtosalon mas’ullariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 (Firibgarlik) va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda avtomobil bozori pasayib borayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek