Haydovchilik guvohnomasidan umrbod mahrum etish taklif qilinmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bosh muharrir o‘rinbosari
Bunday taklif bilan “Adolat” partiyasi yetakchisi Robaxon Mahmudova chiqdi
Robaxon Mahmudova
Foto: «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi

Oʻzbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi raisi Robaxon Mahmudova tezlikni oshirganlik uchun haydovchilik guvohnomasidan umrbod mahrum etish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar berdi.

Partiya yetakchisi boshqa davlatlarni misol qilib keltirar ekan, Finlyandiyada tezlikni oshirganlik uchun jarima $200 mingni ekanligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, Mahmudovaning fikricha, jarima miqdorini oshirish yoʻl-transport hodisasi qurbonlari sonini kamaytirish uchun yetarli chora emas.

«Demak, yurtimizda ham tezlikni oshirganlikda muayyan muddatga avtomobil boshqarish huquqini cheklash yoki haydovchilik guvohnomasidan umrbod mahrum etish, shuningdek, tezlikni oshirish, spirtli ichimlik isteʼmol qilib inson oʻlimiga sabab boʻlgan haydovchilarga jinoiy jazo choralarini kuchaytirish, shu bilan bir vaqtda, asosiy eʼtiborni tarbiyaga qaratish zarur, deb hisoblaymiz», deydi partiya yetakchisi.

Partiya oʻtgan yildagi yoʻl-transport hodisalari statistik ma’lumotlarini ham keltirdi. 2023-yilda mamlakatimizda 9,8 ming yoʻl-transport hodisasi qayd etilgan boʻlib, ularning oqibatida 2282 kishi halok boʻlgan, 9,2 ming kishi esa tan jarohati olgan.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston poytaxtida yoʻl harakati qoidalarini buzgan avtobus haydovchilarining «qora roʻyxati» yuritilayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek