Donald Trampga otishma haqida nima ma’lum – video

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Voqea 13-iyul kuni sodir bo‘lgan
Foto: Brendan McDermid/Reuters

13-iyul, shanba kuni AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp Pensilvaniya shtatining Butler shahrida saylovoldi tashviqoti paytida o‘q uzildi. «Kursiv» ushbu voqea haqida ma’lumotlarni to‘pladi.

CNN surishtiruviga ko‘ra, Tramp otishmachidan 120 – 150 m masofada bo‘lgan. Maxfiy xizmat ma’lumotlariga ko‘ra, Trampga o‘q uzgan shaxs miting tashqarisidagi baland joyda bo‘lgan. Huquq-tartibot organlaridagi manbalarning CNN telekanaliga aytishicha, bu shaxs miting yaqinidagi binoning tomida bo‘lgan.

Rasm: CNN

«The Wall Street Journal» nashrining yozishicha, o‘q uzgan shaxsni Maxfiy xizmat xodimlari o‘ldirgan.

RBC nashrining Associated Press agentligiga tayanib xabar berishicha, otishma sodir bo‘lgan joyda AR tipidagi miltiq topilgan.

Trampning matbuot kotibi Stiven Chungning aytishicha, sobiq prezidentning ahvoli yaxshi va shifoxonada tekshiruvdan o‘tgan.

Keyinroq Donald Tramp o‘q uning o‘ng qulog‘ining yuqori qismini teshganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisa natijasida miting ishtirokchilaridan biri halok bo‘lgan, yana biri yaralangan. Amerikaning sobiq prezidenti ularning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

«Mamlakatimizda bunday harakat sodir bo‘lishi aqlbovar qilmaydi. Hozirda otishmani sodir etgan shaxs haqida hech narsa ma’lum emas, u oʻlgan», deya qoʻshimcha qildi Tramp.

U Respublikachilar partiyasining keyingi haftada Miluokida o‘tkazilishi rejalashtirilgan qurultoyida ishtirok etish niyatida ekanini aytdi. Tadbir 15-iyuldan 18-iyulgacha bo‘lib o‘tadi. Qurultoyda u Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod etib saylanishi kutilmoqda.

Tramp o‘z tarafdorlariga elektron maktub yubordi. Unda u hech qachon taslim bo‘lmasligi aytilgan.

Otishma AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden va vitse-prezident Kamala Xarris tomonidan qoralangan. Jo Bayden Trampning xavfsiz ekanligidan xursand ekanligini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq «Kursiv» Tramp hujjatlarni qalbakilashtirishda aybdor deb topilganini yozgan edi.

Shuningdek