Shavkat Mirziyoyev Trampga suiqasd uyushtirilganini qoraladi
eʼlon qilindi
Davlat rahbari Donald Trampga tez fursatda sog‘ayib ketishini tilaydi
Shavkat Mirziyoyev AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga suiqasd uyushtirilganini qoraladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
«Prezident Shavkat Mirziyoyev Amerika Qoʻshma Shtatlarining sobiq prezidenti Donald Tramp Pensilvaniya shtatida saylovoldi uchrashuvda nutq soʻzlayotgan chogʻida uning hayotiga suiqasd uyushtirilgani haqidagi xabarni chuqur xavotir bilan qabul qildi. Davlatimiz rahbari ushbu zoʻravonlik harakatini keskin qoralaydi va Donald Trampga tez fursatda sogʻayib ketishini tilaydi», deyiladi xabarda.
Avvalroq «Kursiv» Donald Trampga suiqasd uyushtirish tafsilotlari haqida yozgan edi.