Bayden Trampga suiqasddan keyin nima dedi
eʼlon qilindi
AQShda siyosiy qarama-qarshiliklar o‘q bilan hal etilmaydi
Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) prezidenti Jo Bayden navbatdagi davlat rahbari bo‘lish uchun kurashda raqibi Donald Trampning hayotiga suiqasd qilinganidan so‘ng vatandoshlarini vazminlikka chaqirdi, deb xabar bermoqda Reuters.
«Biz zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ya olmaymiz. Mamlakatimizda siyosiy ritorika juda qizib ketdi. Uni yumshatish vaqti keldi», deya Baydenning so‘zlarini keltirgan agentlik. Uning qo‘shimcha qilishicha, sodir bo‘lgan voqea uchun hamma javobgar.
Amaldagi prezident AQShda siyosiy qarama-qarshiliklar «o‘q bilan emas, balki saylov qutisida» hal qilinishini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, 13-iyul, shanba kuni Batlerda (Pensilvaniya) saylovoldi kampaniyasi vaqtida Trampning hayotiga suiqasd uyushtirilgan.