Yangiliklar

BMT: 2100-yilga kelib O‘zbekiston aholisi ikki baravar ko‘payadi

74,2 mln kishigacha
Rasm: alexkoral/Depositphotos

Birlashgan Millatlar Tashkilotining «Dunyo aholisining 2024-yilga bo‘lgan istiqbollari» hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi 2100-yilning yanvariga borib 74,2 mln kishiga ko‘payadi. Joriy yil boshida bu ko‘rsatkich 36 mln edi.

BMT 2100-yil 1-iyulda O‘zbekiston aholisining o‘rtacha yoshi 39 yoshni tashkil etishini taxmin qilmoqda. Bu davrga kelib O‘zbekistonda 36,8 mln ayol va 37,4 mln erkak istiqomat qilishi kutilmoqda.

Statistika agentligi ma’lumotlariga koʻra, joriy yilning 15-iyul holatiga OʻzRning doimiy aholisi soni 37,1 mln kishidan ortiqni tashkil qildi. BMT esa 2025-yil 1-iyulgacha O‘zbekiston aholisi soni 37 milliondan oshishini kutgan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston o‘rtacha daromadi pastroq davlatlar toifasida qolganini e’lon qilgan edi.