Bozordagi vaziyat: yog‘och narxi bir yarim yil ichida eng past darajaga tushdi
Jahon bozorlarida yog‘och narxi $440 pastga tushdi. Bu so‘nggi bir yarim yildagi minimal ko‘rsatkichdir, deb xabar beradi «Trading economics» portali.
Tahlilchilar fikricha, ushbu mahsulot narxining pasayishi qurilish materiallariga bo‘lgan talabning kamayishini aks ettiradi. Shunday qilib, Kanadada binolarni qurish uchun berilgan ruxsatnomalar soni 12 foizdan ko‘proqqa kamaydi, AQSHda esa uy sotish taxminan 2 foizga pasaydi.
«Ushbu statistik ma’lumotlar yirik iqtisodiyotlar bo‘ylab ko‘chmas mulk bozorlarida o‘sib borayotgan muammolarni ta’kidlaydi», deyiladi xabarda.
Fond bozorlarida Tesla (+2,77 foiz) va Intel (+2,89 foizga) aksiyalari o‘sishi kuzatilmoqda. Meta (-2,87 foiz) va JPMorgan (-1,27 foizga) qimmatli qog‘ozlari pasaymoqda.
Avvalroq «Kursiv» 12-iyul kuni jahon bozorlaridagi vaziyat haqida yozgan edi.