Yangiliklar

Dollar deyarli 30 so‘mga arzonlashdi

Uning qiymati bugun 12 607,62 so‘mni tashkil qildi
Foto: «Sibirka» / Pixabay

15-iyul kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 27,65 so‘mga pasaydi va 12 607,62 so‘mni tashkil qildi.

Bugun banklar AQSh valyutasini 12 575 – 12 635 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 650 – 12 695 so‘mdan sotishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 12-iyul kuni dollarning o‘rtacha qiymati qariyb 20 so‘mga tushgan edi.