Futbol bo‘yicha Amerika va Yevropa chempionlari ma’lum bo‘ldi
14-iyul kuni Amerika kubogi (Copa America) va Yevropa chempionati finallari bo‘lib o‘tdi. Amerika kubogida Argentina va Kolumbiya terma jamoalari bahs olib borishdi. Yevropa chemionatida esa Ispaniya Angliya bilan to‘qnash keldi.
«Hard Rok Stedium”da bo‘lgan uchrashuvda 36-daqiqada Argentina sardori Lionel Messi raqib jarima maydonchasida Kolumbiya futbolchisi bilan to‘qnashgani sababli jarohat oldi va maydonni ko‘z yoshlar bilan tark etdi.
O‘yinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Qoshimcha bo‘limlarning 112-daqiqasida Lautaro Martines jamoasini oldinga olib chiqdi. Argentina ketma-ket ikkinchi marta Amerika chempioni bo‘ldi va turnir tarixida 16 karra kubogni yuqoriga ko‘tardi.
Yevropa chempionati ham o‘z nihoyasiga yetdi. Finalda Ispaniya va Angliya terma jamoalari uchrashishdi.
1-taymda darvozalar daxlsiz qoldi. 2-taymning 47-daqiqasida Ispaniya hujumchisi Niko Uilyams Angliya darvozasini ishg‘ol qildi. 73-daqiqada esa Koul Palmer hisobni tenglashtirdi. 86-daqiqada Mikel Oyarsabal raqib darvozasiga aniq zarba berib Ispaniyani to‘rtinchi marotaba qit’a chempioniga aylantirdi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston terma jamoasining «JCH – 2026» uchinchi bosqichidagi raqiblari aniqlanganini e’lon qilgan edi.